Bellingem "Borussiya" futbolchilari bilan xayrlashdi

  • 29.05.2023 14:38
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Borussiya" Dortmund yarim himoyachi Jud Bellingem "Real" Madridga o‘tadi. " Ruhr Nachrichten" nashri xabariga ko‘ra, 19 yoshli futbolchi yakshanba kuni "Borussiya" klubi futbolchilari, murabbiylari va xodimlari bilan xayrlashgan.

Bellingxem Dortmundning “Borussiya” klubini Germaniya chempioni sifatida tark etishi mumkin edi, ammo Dortmund shanba kuni o‘z maydonida “Maynts”ni mag‘lub eta olmadi (2:2 hisobida durang). 

Ma’lumot uchun, angliyalik xavbek Bundesligada mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Judning "Real"ga o‘tishi imkon qadar tezroq yakunlanishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!