
Bellingem: Hozirgi muvaffaqiyatlarimda bu insonning o‘rni katta...
Madridning “Real” klubi futbolchisi Jud Bellingem hozirgi muvaffaqiyatlarida bosh murabbiy Karlo Anchelottining hissasini e’tirof etdi.
Gap shundaki, italiyalik mutaxassis angliyalik futbolchi Dortmundning "Borussiya"sida o‘ynaganidan ko‘ra ko‘proq hujumkor rolda o‘zini yaxshiroq ko‘rsatishiga ishondi. Bu esa o‘zini to‘liq oqladi: 20 yoshli futbolchi o‘zini yangicha ko‘rinishda namoyon qila oldi va o‘z o‘yini bilan butun futbol olamini hayratda qoldirdi.
“Maydondagi yangi pozitsiyam men uchun ideal, u ko‘proq erkinlik beradi. Barcha e’tiroflar murabbiyga tegishli, chunki Dortmundda uzoq vaqt davomida orqa pozitsiyalarda o‘ynagan futbolchi haqida gapirganda, bunday qarorga kelib, tavakkal qilish oson emas”, - dedi Bellingem Madrid Zone nashriga bergan intervyusida.
Jud Bellingem joriy mavsum “Real” safida jami 37 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 22 ta gol hamda 9 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. U “qirollik klubi” tarkibiga 2023 yilning yozida “Borussiya D”dan 133 mln evro evaziga ko‘chib o‘tgan va 6 yillik shartnoma imzolagan.
Fikrlar