Bellingem Madriddagi hayot haqida gapirdi

  • 21.07.2023 19:45
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" Madrid yarim himoyachisi Jud Bellingem Madriddagi hayot haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

"Men hozir hayotni yaxshi ko‘raman. Bu nafaqat dunyodagi eng katta klub, shuningdek, Madrid go‘zal shahar, ajoyib odamlar. Ular meni yaxshi kutib olishdi. Juda xursandman. Mashg‘ulotlar yaxshi o‘tmoqda. Men bu erni yaxshi ko‘raman", - dedi angliyalik xavbek. 

Eslatib o‘tamiz, "qirollik klubi" Jud Bellingemni "Borussiya" Dortmunddan shu yozda 103 million evro evaziga sotib olgandi. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!