Bellingem o‘zining ruhiy holati haqida gapirdi
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem o‘zining ruhiy holatiga e’tibor berish muhimligini ta’kidladi.
"Ijtimoiy tarmoqlar rivojlanishi bilan odamlarni haqorat qilish va ularga hujum qilish imkoniyatlari ko‘paydi. Hozir ham ruhiy salomatlik haqida gapirishga nisbatan salbiy qarashlar mavjud, deb o‘ylayman.
Ba’zi paytlar o‘zimni zaif his qilganman, o‘zimga bo‘lgan ishonchim susaygan va kim bilandir suhbatlashishga ehtiyoj sezganman. Ammo bunun o‘rniga o‘zimni hech kimga muhtoj emasdek tutishga, kuchli sportchi qiyofasini saqlashga harakat qilganman.
Aslida esa men ham hammaga o‘xshab turli tuyg‘ularni boshdan kechiraman. Muammolaringiz va his-tuyg‘ularingiz haqida gaplashsangiz, o‘zingizni ancha engil his qilasiz", — dedi angliyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, Bellingem yangi mavsumni jarohat sabab kech boshladi va hozircha La Liga doirasida 4 ta o‘yinda maydonga tushdi.



Fikrlar