
Bellingem "Real" muxlislariga murojaat bilan chiqdi
Jud Bellingem "Real Madrid" Chempionlar Ligasini tark etganidan so‘ng klub muxlislaridan uzr so‘radi.
- Biz kutilganidek o‘ynay olmadik. Kechiringlar madridliklar, bu to‘qnashuvlar va turnir siz uchun qanchalik muhimligini tushunamiz.
Bu mavsumni yaxshi natijalar bilan yakunlash imkoniyati bor, lekin bunga faqat birgalikda erishishimiz mumkin. "Real Madrid" albatta qaytadi! - deb yozdi "qaymoqranglilar" yarim himoyachisi Instagram sahifasida.
Madridliklar chorak finalning ikkala o‘yinida ham "Arsenal"ga (0:3, 1:2) mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi.
Fikrlar