
Ben Chilleel: "Chelsi" sardori bo‘lishni xohlardim
"Aristokratlar" himoyachisi Ben Chilluel jamoa sardori bo‘lmoqchiligi haqida fikr bildirdi:
"Ko‘plab futbolchilar kabi men ham "Chelsi" klubi sardori bo‘lishni xohlayman. Avval "Lester"da bu ishni bajarganman va ishonchni oqlaganman. Bu tayinlovdan keyin mening o‘yinim har tarafdan ochilib ketadi. Boshqalarga fikrimni o‘tkaza olishim - bu mening eng kuchli tomonlarimdan.
Sardorlikka erishamanmi yo‘qmi bilmayman, ammo shu narsa borki, etakchi bo‘lish uchun tasma kerak emas. Nima bo‘lganda ham men o‘z ishimda davom etaman",- dedi "Chelsi" himoyachisi.
Fikrlar