"Benfika" qariya o‘yinchini yana o‘ynatadi
Portugaliya chempionati etakchilaridan bo‘lgan "Benfika" tajribali himoyachi bilan amaldagi shartnomani yana bir yilga uzaytirdi.
36 yoshli braziliyalik futbolchi Luizao kelasi yilning yozigacha Lissabon shahrida qoladigan bo‘ldi.
Bu himoyachi "Benfika" sharafini 2003 yildan buyon himoya qilmoqda va shu kunga qadar 507 ta o‘yinda qatnashib, 43 ta gol urgan.

Luizao jamoa tarkibida besh marta mamlakat chempioni va ikki marta Portugaliya kubogini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar