"Benfika" "Real" futbolchisini sotib olmoqchi, ammo...

  • 24.05.2019 11:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Mavsumni “Rayo Valekano” safida ijara asosida o‘tkazgan “Real” hujumchisi Raul de Tomas “Benfika” klubining qiziqishlar doirasiga kirib qold.

Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra lissabonliklar 24 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun 12 mln evro taklif qilishmoqda. Biroq, “qirollik klubi” uni 35 mln evroga baholamoqda.

O‘z navbatida “Rayo Valekano”da ham Tomasni sotib olish istagi mavjud. Ammo, ular “Real” so‘rayotgan mablag‘ni to‘lashga qodir emas.

Ma’lumot uchun, Tomas joriy mavsum La Ligada jami 33ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 14ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!