Benzema, Mbappe, Grizmann va boshqalar yoxud mundial oldidan asosiy favoritlardan biri Frantsiya bilan tanishamiz

  • 30 oktabr, 2022, 20:57
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"JCh-2022" startiga tobora oz vaqt qolmoqda. Muxlis va mutaxassislarni intizorlik bilan kuttirayotgan turnir tez orada boshlanadi.

Tecno

Qaysi terma jamoalar "JCh-2022"da ishtirok etishini yaxshi bilasiz. Agar hamon bundan xabardor bo‘lmasangiz, yana bir  bor eslatib o‘tib ketamiz.

kubokmira

Mundial startiga 21 kun qolgan va biz ketma-ketlikda termalar bilan sizni tanishtirib o‘tamiz. Demak, "D" guruhi vakili Frantsiya orqali o‘ziga xos "chellenj"imizni davom ettiramiz.

Frantsiya terma jamoasi, Frantsiya futbol federatsiyasi (Fédération Française de Football, FFF).

Tashkil topgan: 1906 yil (FIFA'ga 1907 yil a’zo bo‘lgan).
Bosh murabbiy: Dide Desham.
Jamoa sardori: Ugo Loris.

Ilk rasmiy bahsi: Belgiya - Frantsiya 3:3 (1904 yil).
Eng yirik g‘alaba: Frantsiya - Gretsiya 11:0 (1919 yil).
Eng yirik mag‘lubiyat: Daniya - Frantsiya 6:1 (1908 yil).

Ayni dam mazkur terma jamoa FIFA reytingida 4-o‘rinni band etib turibdi. Ularning reytingda eng yuqori ko‘rsatkichi 1, eng pasti esa 26-o‘rin bo‘lgan.

Ushbu yurt termasi bunga qadar o‘tkazilgan jahon chempionatlarida 16 bora ishtirok etgan. Ilk bor "uch ranglilar" 1930 yilgi Urugvay yashil maydonlarida o‘tgan mundialda qatnashishga muvaffaq bo‘lgan. Eng yaxshi natijasi 1998 va 2018 yillarda qayd etilgan. O‘shanda jamoa jahon chempionligini qo‘lga kiritishga sazovor bo‘lgan.

winners

Turnirgacha bosib o‘tilgan yo‘l

Frantsiya terma jamoasi mundial yo‘llanmasi uchun kechgan saralash bahslarida munosib ishtirok etdi. 5 jamoa ichida terma 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Saralash turnirida "xo‘rozlar" 18 ochko bilan 1-o‘rinni band etdi. 5 g‘alaba va 3 durang qayd etgan terma vakillari 18 gol urib, o‘z darvozasidan 3 to‘p olib chiqdi. 

Bundan tashqari, jamoa "JCh-2022" oldidan bir qancha uchrashuvlar o‘tkazdi:

o‘yin

Tarkibdagi futbolchilarning transfer narxi taniqli "Transfemarkt" talqiniga ko‘ra, 886 million evroni tashkil etadi.

Eslatma: Ushbu miqdor so‘nggi yig‘inga chaqirilgan futbolchilarning transfer narxiga ko‘ra hisoblangan. Mundialga chaqirilgan o‘yinchilar nomi hali ma’lum emas.

fransiya

"JCh-2022"dagi taqvimi

Avval aytganimizdek, Frantsiya futbol bo‘yicha eng nufuzli turnirning "D" guruhida Avstraliya, Daniya hamda Tunis kabi termalar bilan bir guruhdan joy olgan. Ularning taqvimi quyidagicha:

22 dan 23 noyabrga o‘tar kechasi

00:00 Frantsiya - Avstraliya.

26 noyabr 

21:00 Frantsiya - Daniya.

30 noyabr

20:00 Tunis - Frantsiya.

 

Shohrux Zoirov tayyorladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!