Benzema 1-raqamli dushmanini ham qoyil qoldirdi

  • 8 iyun, 2022, 13:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Olimpiakos" yarim himoyachisi Matyo Valbuena "Real"dagi hamyurti Karim Benzema shu yil oxirida "Oltin to‘p"ni olishiga ishonmoqda.

Tecno

Frantsiyalik futbolchining fikricha, mukofotni boshqa futbolchiga berish insofsizlik bo‘ladi.

"Benzemani "Oltin to‘p"ga loyiq emas deyish adolatdan bo‘lmaydi. Ha, u bu sovringa loyiq. Men sport nuqtai nazaridan xolis gapiryapman. Mening o‘z yo‘lim bor, u bilan hech qanday muammo yo‘q", - dedi Valbuena RMC Sport nashriga bergan intervyusida.

Qizig‘i shundaki, o‘z vaqtida ushbu ikki futbolchi katta shov-shuvli shantaj mojarosiga aralashgan edi. O‘sha voqealardan so‘ng Benzema ma’lum muddat Frantsiya terma jamoasiga ham chaqirilmadi.

Benzema o‘tgan mavsum “Real”da 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 44 ta gol urdi va 15 ta golga assistentlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!