Benzema "Al-Ittihod"ga o‘tishga rozi, lekin...

  • 31 may, 2023, 21:58
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" hujumchisi Benzema "Al-Ittihod"ga o‘tishi mumkin. U jamoasini tark etib, faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishga rozi, deya xabar berdi "Relevo" nashri. Ammo Karimning atrofidagi insonlar unga yana bir bor o‘ylab ko‘rishi kerakligini aytgan. 

Manbaning ta’kidlashicha, "Real" prezidenti Florentino Peres Benzemani yana bir yil qolishidan umidvor. U 35 yoshli frantsuzdan biroz xafa bo‘lgan. Sababi, futbolchi o‘z qarorini ertaroq e’lon qilmadi va endi klub yangi hujumchi izlashiga to‘g‘ri keladi. 

Ma’lumot uchun, agarda Benzema "Al-Ittihod" taklifini qabul qilsa, unga bir mavsum uchun 100 million evro beriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!