Benzema EChLda o‘zining yubiley o‘yinini o‘tkazmoqda

  • 7 mart, 2018, 01:38
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi hujumchisi Karim Benzema EChL 1/8 final bosqichi javob uchrashuvidan o‘rin olgan PSJga qarshi bahsda maydonga tushdi.

Tecno

Mazkur o‘yin frantsiyalik forvard uchun EChLdagi 100-o‘yini bo‘ldi. Hozirga qadar 30 yoshli futbolchi 99 uchrashuvda 53 ta gol kiritishga erishgan.

Qayd etish joiz, Benzema klublar miqyosidagi eng nufuzli turnirda 100 ta o‘yinda maydonga tushgan 34-futbolchiga aylandi. Bu boradagi rekordchi esa “Portu” darvozaboni Iker Kasilyasdir.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!