
Benzema afsonaviy Pushkashdan o‘zib ketdi
“Real” hujumchisi Karim Benzema La Liganing navbatdagi uchrashuvida “Valensiya” darvozasiga ikkita to‘p kiritib, madridliklar safidagi gollari sonini 243 taga etkazib oldi.
Shu tariqa, frantsiyalik hujumchi klub to‘purarlari ro‘yxatida mashhur futbolchi Ferents Pushkashdan (242 ta gol) o‘zib ketib, beshinchi o‘ringa chiqib oldi.
“Real” to‘purarlari ro‘yxatida raqiblar darvozasiga 450 ta gol urgan Krishtianu Ronaldu peshqadamlik qilmoqda. Keyingi o‘rinlarda Raul (323 ta gol), Alfredo Di Stefano (308 ta gol) va Santilyana (289 ta gol) qayd etilgan.
Fikrlar