Benzema: Men uchun Zidan xuddi akamdek

  • 17 may, 2019, 15:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid klubi forvardi Karim Benzema jamoa ustozi Zinedin Zidan bilan o‘zaro munosabatlari qanday ekanligi haqida gapirdi.

“Biz o‘zaro judayam yaxshi munosabatdamiz. Men uchun Zidan xuddi akamdek. Biz u bilan futbol va undan tashqaridagi masalalar bo‘yicha ham ko‘p gaplashamiz. U menga ko‘p yordam beradi. Men uni qattiq hurmat qilaman. To‘g‘ri, tushunmovchiliklar ham bo‘ladi, qachonki men maydonda uning aytganlarini qilmasam”, - deydi frantsiyalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, Benzema joriy mavsum “Real” safida jami 52ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 30ta gol hamda 11ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!