
Benzema "Oltin to‘p"ga ajoyib ta’rif berdi
Madridning “Real” klubi hujumchisi Karim Benzema “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgandan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Oltin to‘p"ga qaraganimda nimani his qilaman? Xursandchilik, g‘urur, xotiralar, ko‘plab oddiy iboralarni esga tushiradi. Hech bir sport turida bundan yaxshi individual mukofot yo‘q. "Oltin to‘p" har doim birinchi o‘rinda. Bu boshqacha, ajoyib, mutlaqo bebaho, go‘zallik cho‘qqisi", - deya fikr bildirdi 2022 yilning eng yaxshi futbolchisi.
"Qirollik klubi" rahbarining so‘zlariga ko‘ra, butun faoliyati davomida erishgan ushbu sovrin Benzemaning yo‘lini o‘zida mujassam etadi. Karimning fikricha, “Oltin to‘p” orqali futbol tarixiga kirish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, frantsiyalik futbolchi mukofotni 17 oktyabr, dushanba kuni qabul qilib oldi. O‘tgan mavsumda Benzema "Real"ning Chempionlar Ligasi va milliy chempionatda g‘alaba qozonishida katta hissa qo‘shgan edi.
Fikrlar