
Benzema "Oltin to‘p"ni qo‘lga kirita oladimi? Futbolchining o‘zi javob berdi
Madridning "Real" klubi hujumchisi Karim Benzema jurnalistlarning bu yil "Oltin to‘p"ni qo‘lga kirita oladimi yoki yo‘qligi haqidagi savoliga javob berdi. Bu haqda "RMC Sport" nashri xabar berdi. 33 yoshli futbolchi ushbu sovrin uchun asosiy favorit sanaladi.
- "Oltin to‘p"? Albatta, men bu mukofotni qo‘lga kiritishni anchadan beri orzu qilaman. Biroq jamoa manfaatlarini o‘zimning manfaatlarimdan ustun qo‘ygandagina sovrinni qo‘lga kirita olaman, - dedi frantsiyalik futbolchi.
Bu mavsumda frantsiyalik tajribali hujumchi ajoyib o‘yinlar o‘tkazmoqda. Benzema "qirollik klubi" safida 44 uchrashuvda maydonga tushib, 44 gol va 15 golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar