
Benzema "Real"dagi 14 yillik faoliyati davomida 25 ta sovrin yutdi (umumiy statistika)
Madridning “Real” klubi rahbariyati Karim Benzema shu yozda jamoani tark etish qarorini e’lon qildi.
Avvalroq, 35 yoshli hujumchi Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" klubidan taklif olgani malum bo‘lgandi.
Karim “Lion” klubi bitiruvchisi hisoblanadi. U 2009 yilda "Real" Madridga ko‘chib o‘tdi va 14 yil davomida klubda 25 ta sovrin (Marselo bilan birgalikda), shu jumladan 5 ta Chempionlar Ligasi va 4 ta La Liga chempionligini qo‘lga kiritdi. 2022 yilda Benzema "Oltin to‘p"ni oldi.
Benzema "Real Madrid" safida 647 ta (47226 daqiqa) o‘yin o‘tkazib, 353 ta gol urdi hamda 165ta samarali uzatma amalga oshirdi va klub tarixidagi ikkinchi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. Faqat Krishtianu Ronalduda ko‘proq (450) bor.
Joriy mavsumda Karim barcha musobaqalarda 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 30 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar