
Benzema terma jamoadagi faoliyatini nima uchun yakunlagani ma’lum bo‘ldi
"Real" Madrid klubi va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Karim Benzema nima sababdan terma jamoadan ketgani oydinlashdi. Bu haqda "RMC Sport" nashri xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, terma jamoada ko‘pchilik qatori Benzema ham Desham Frantsiya termasi bilan shartnomani uzaytirishidan xabardor bo‘lgan. Shu sababli u halqaro faoliyatini yakunlashga qaror qilgan.
Avvalroq, Desham va Benzema o‘rtasida mojaro yuzaga kelgani haqida xabar bergan edik.
Fikrlar