
Benzema yaqinlashib kelayotgan "el-klasiko" haqida gapirdi
"Real"ning frantsiyalik hujumchisi Karim Benzema "Barselona"ga qarshi bo‘ladigan “el-klasiko”dan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Men uchun hammasi avvalgidek. “El-klasiko” hamon futboldagi eng yaxshi o‘yin bo‘lib qolmoqda. Maydonda qaysi futbolchilar bor, kimlar ketdi, kimlar keldi, bu narsalar muhim emas. “Real” Madrid – “Barselona” qarama-qarshiligi bu tarixiy voqea. Bundan oldin Zidan, Ronaldino, Ronaldo, Eto′O kabi futbolchilar o‘ynagan. “Real” – “Barsa” baribir “Real” – “Barsa”.
“Barselona” kabi istalgan top klub yomon o‘ynashi mumkin, lekin keyin hammasi joyiga tushib ketadi. Raqib hali yaxshi o‘yin ko‘rsata olmayotgan bo‘lsa ham, bu o‘yinda xotirjamlikka berila olmaymiz”, - dedi Benzema.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” – “Real” Madrid uchrashuvi 24 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:15 da boshlanadi.
Fikrlar