Benzema Zidanga etib oldi

  • 29 iyun, 2021, 12:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Karim Benzema Evropa chempionatining 1/8 finalidan o‘rin olgan Shveytsariyaga qarshi o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu o‘yinda ham dubl qayd etdi.

Tecno

Karim ushbu dubldan so‘ng, Frantsiya terma jamoasi tarixidagi to‘purarlar ro‘yxatida afsonaviy Zinedin Zidanga oldi. Endi Benzema hisobida ham xuddi Zidan kabi 31 ta gol bor.

Bu borada ro‘yxatning eng yuqori pog‘onasida Terri Anri bormoqda. U Frantsiya terma jamoasi safida 51 ta gol urgan.

Afsuski, Benzemaning dubli ham yakunda Frantsiyaga g‘alaba keltirmadi. Dide Desham shogirdlari penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berdi va Evropa chempionatidagi yurishini to‘xtatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!