Benzema Zidanning rekordini yangiladi

  • 24 iyun, 2021, 12:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid klubi va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Karim Benzema Evropa chempionati guruh bosqich 3-turidan o‘rin olgan Portugaliyaga qarshi o‘yinda dubl muallifiga aylandi.

Tecno

Shu tariqa Benzema Frantsiya terma jamoasi safida Jahon chempionati yoki Evropa chempionatida dubl qayd etgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi.

Karim Portugaliyaga qarshi o‘yinda 33 yosh 186 kunlik edi. Avvalgi rekord Zinedin Zidanga tegishli. U 31 yosh 356 kunligida ushbu natijani qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, Benzema 2016 yildan buyon ilk bor Frantsiya terma jamoasiga chaqirildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!