
Benzemadan boshqa "Oltin to‘p" uchun loyiq nomzod bormi?
"Real" himoyachisi David Alaba jamoadoshi Karim Benzemani bu yil "Oltin to‘p"ga 100 foiz loyiq deb hisoblashini aytdi.
"Oltin to‘p"ni kim qo‘lga kiritadi? Albatta, Benzema yoki sizning shubhangiz bormi? Karimdan boshqa nomzod bormi? Uning o‘tgan mavsum ko‘rsatgan o‘yinlari aqlbovar qilmaydi.
Men u amalga oshirgan ishlarning bir qismi bo‘lganimdan va Karim bilan bir jamoada o‘ynaganimdan juda xursandman”, dedi Alaba.
Eslatib o‘tamiz, Benzema o‘tgan mavsum "Real" bilan birgalikda La Liga va Chempionlar ligasida g‘alaba qozondi. Shuningdek, u har ikki musobaqada ham to‘purarga aylandi.
Fikrlar