
Benzemaning “Oltin to‘pi” mahbuslar qo‘liga “o‘tdi”!
Nufuzli jurnal France Football jurnalistlaridan bir guruhi Frantsiya poytaxti Parij yaqinidagi eng katta qamoqxonaga bordi. Jurnalistlar o‘zlari bilan yaqinda Karim Benzema g‘olib, deb topilgan “Oltin to‘p” sovrinini qamoqxonaga olib kirishdi.
Futbol olamidagi eng nufuzli individual sovrin mahbuslarga ko‘rsatildi. Yaqin orada France Football sahifasida “Oltin to‘p”ning qamoqxonaga olib borilgani haqidagi maqola e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Karim Benzema nufuzli sovrin uchun kurashda Sadio Mane va Kevin de Bryuyneni ortda qoldirdi.
Fikrlar