Berbatov “Manchester Yunayted”ni chempion qiladigan futbolchini aytdi

  • 29 noyabr, 2020, 18:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” sharafini muvaffaqiyatli himoya qilgan Bolgariya terma jamoasi hujumchisi Dimitar Berbatov sobiq klubiga “Real” markaziy himoyachisi Serxio Ramosni olishni maslahat berdi.

Tecno

-Ramosning kelajagi haqida ko‘p gapirishyapti. Matbuot uni “Real” bilan kelisha olmayotganini yozmoqda. Serxio 34 yoshda va klubi 1-2 yillik shartnoma taklif qilyapti. Tyago Silvadan o‘rnak olish kerak. U Ramosdan ikki yosh katta. “Chelsi”ga kelib, zo‘r o‘ynayapti, yosh futbolchilarni g‘alabaga ilhomlantiryapti.

“Manchester Yunayted” Ramosni oladigan bo‘lsa, u Angliya chempionatida ham o‘zini ko‘rsatishiga aminman. Serxio hozir ham zo‘r sport formasida va jahon darajasidagi himoyachi, hali ko‘p narsaga qodir, - dedi Berbatov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!