Berdiev yana "Rostov"ga qaytishi mumkin

  • 29.05.2019 17:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Hamyurtimiz Eldor Shomurodov to‘p suradigan "Rostov" klubi turkmanistonlik mutaxassis Qurbon Berdievni yana bosh murabbiy lavozimiga qaytarishni rejalashtirmoqda.

Gap shundaki, rostovliklar rahbariyati jamoa mavsum yakunlariga ko‘ra evrokuboklar yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmagach, bosh murabbiy Valerits Karpinni iste’foga chiqarmoqchi. O‘z navbatida Berdiev ham “Rubin”dan ketishga yaqin turibdi.

Eslatib o‘tamiz, Qurbon Berdiev 2014-2018 yillarda “Rostov”ni boshqargan. Jamoa uning qo‘l ostida 2015/16 yilgi mavsumda RPLda kumush medallarni qo‘lga kiritgan va Chempionlar ligasida ishtirok etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!