
Berdievning o‘rniga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Qozog‘iston premer-ligasidagi omadsizliklardan so‘ng, klub rahbariyati taniqli murabbiy Qurbon Berdievni iste’foga chiqargandi.
Ma’lumotlarga qaraganda, endi “Qayrat” bosh murabbiyi vazifasini Kirill Keker bajaradigan bo‘ldi. Bu haqda “Qayrat” klubi rasmiy sayti e’lon berdi.
Kirill Keker 2022 yilning boshidan beri Rossiya chempionati quyi divizoni – ikkinchi Milliy ffutbol ligasida “Qayrat-Moskva” jamoasini boshqaratgan edi.
“Qayrat” milliy chempionatda 12 ta uchrashuvda 16 oyako jamg‘arib, sakkizinchi pog‘onada bormoqda. Bu jamoa safida hamyurtimiz Jasur Jaloliddinov to‘p tepyati. Iste’dodli yarim himoyachi shu kunga qadar etti marta maydonga tushdi.
Fikrlar