
Bernard Xopkins Fyuri - Ngannu jangi qanday yakunlanishini aytdi
Ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni, hozirda shon-sharaf zali a’zosi, afsonaviy amerikalik Bernard Xopkins og‘ir vazn toifasi chempioni britaniyalik Tayson Fyuri(33-0-1,24KO) va kamerunlik MMA jangchisi Frensis Ngannu o‘rtasidagi 28-oktyabr kuni Ar-Riyodda bo‘lib o‘tadigan jang haqida gapirdi.
“Bu Tayson Fyuri uchun gonorardan boshqa narsa emas. Bu yuqori darajadagi o‘yin-kulgi va barchasi Tayson Fyuri uchun. Fyuri besh raund ichida nokaut bilan g‘alaba qozonadi", dedi Xopkins Jo Rogan podkastida.
Eslatib o‘tamiz, Fyuri dekabr oyida WBC chempionligini himoya qilishda hamyurti Derek Chisorani o‘ninchi raundda texnik nokaut bilan mag‘lub etgandi.
Fikrlar