Bernardeski qishda "Yuventus"dan ketishi mumkin
Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Federiko Bernardeski qishki transferlar davrida jamoadan ketishi mumkin. Bu haqda Calciomercato nashri xabar tarqatmoqda.
Eslatib o‘tish lozimki, 25 yoshli italiyalik futbolchi yakunlangan yozgi transferlar davrida “Barselona”ga ko‘chib o‘tishga juda yaqin edi, biroq yaqinda kelishuv amalga oshmay qoldi.
Ta’kidlash kerakki, agar Bernardeski tez orada jamoa bosh murabbiyi Mauritsio Sarrining e’tiboriga tushib asosiy tarkibga kiri olmasa, u holda jamoadan ketishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Bernardeski “Yuventus” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 71ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 8ta gol hamda 12ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar