Bernardu Silvaga "Barsa"dan tashqari Ispaniyaning boshqa klubi ham qiziqmoqda

  • 21.03.2023 22:59
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" futbolchisi Bernardu Silva yozda "Barsa"ga o‘tishi mumkin. Ushbu transfer o‘tgan mavsumda ham sodir bo‘lish ehtimoli bor edi. Ammo kataloniyaliklarning moliyaviy holati sabab amalga oshmadi. 

Ispaniya grandi vinger uchun kurashga qaytgan. Endilikda Silvani "Real" ham o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi, deya xabar bermoqda "ESPN" nashri. Madridliklar agarda Bellingemni qo‘lga kirita olmasa, 28 yoshli vinger variantini o‘rganib chiqadi.

Ma’lumot uchun, portugaliyaik futbolchi ushbu mavsum "shaharliklar" tarkibida 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 5 ta asisst amalga oshirdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!