"Bernardu Silvani almashtirishning iloji yo‘q"

  • 06.04.2026 13:50
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning yordamchisi Pep Linders jamoa yarim himoyachisi Bernardu Silvaning ketishi haqida fikr bildirdi.

Ma'lum qilinishicha, jamoa sardori joriy mavsum yakunida amaldagi shartnomasi tugashi bilan "shaharliklar" safini tark etadi. Bu haqida aynan Lindersning o‘zi ma'lum qildi.

"Bernarduni almashtirib bo‘lmaydi — u noyob futbolchi. Uning o‘yinni nazorat qilishi, harakatlanishi, to'pni qabul qilishi, jamoani ortidan ergashtira olishi va to‘g‘ri qaror topishi — bularning barchasi o‘ziga xos. U hatto bir o‘yinni o‘tkazib yuborsa ham, uning yo‘qligi seziladi. Endi butun bir mavsumni usiz tasavvur qilib ko‘ring", — dedi Linders "City Xtra" nashriga.

Eslatib o‘tamiz, Bernardu Silva 2017 yildan buyon "Manchester Siti" sharafini himoya qilib kelmoqda. Portugaliyalik futbolchi ushbu vaqt mobaynida 450 ta uchrashuvda maydonga tushib, 76 ta gol urdi va 77 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!