
"Betis" bosh murabbiyi: Men jamoaga Ronaldu yoki Messini olib kelinglar deya olmayman
Yaqindagina "Betis" klubi boshqaruvini o‘z qo‘liga olgan Manuel Pellegrini jamoaning transfer rejalari haqida gapirib o‘tdi.
“Tarkibni kuchaytirish - bu butun klubning birgalikdagi ishi. Murabbiy o‘z xohish-irodasini bildiradi, menejer va skautlar turli xil variantlarni muhokama qilishadi. Klublarning byudjetlari turlicha, shuning uchun men ulardan Messi yoki Ronalduni sotib olishni so‘ray olmayman. Lekin biz tarkibni maksimal darajada kuchaytirishimiz kerak”, - deydi chililik mutaxassis.
Fikrlar