
Beyl “Real”dan ham quruq qolishi mumkin
Yaqinda “Tottenxem”ning yangi bosh murabbiyi Nunu Santu mavsumni londonliklar tarkibida ijara asosida yakunlagan “Real” vakili Garet Beyl yangi chempionatda unga kerak emasligini ochiq aytgandi.
Hozircha, uelslik hujumchi oldida birgina variant bor. U ham bo‘lsa, “Real”ga qaytish. Biroq Buyuk Britaniyaning Evropa Ittifoqidan chiqishi futbolchining yo‘liga to‘siq bo‘lmoqda. La Liga qoidasiga ko‘ra, har bir jamoa Evropa Ittifoqi hududidan tashqaridagi mamlakatlardan faqat uchtagacha o‘yinchini ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin.
Ayni paytda “Real”da evropasportga ega bo‘lmagan uchta o‘yinchi bor. Garet Beyl ular safiga to‘rtinchi bo‘lib qo‘shilmoqda. “Qirollik klubi” ular orasidan bir futbolchini qo‘yib yuborishi kerak bo‘ladi.
Fikrlar