Beyl yangi jamoa topdi

  • 26 mart, 2022, 12:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

2022 yilgi jahon chempionati yo‘llanmasi uchun kurashda o‘zining dubli bilan Uels terma jamoasini saralashning hal qiluvchi final bosqichiga olib chiqqan Garet Beyl mavsum yakunlanishi bilan Angliyaga qaytishga qaror qildi.

Tecno

“Real” tarkibiga kiritilmagan hujumkor futbolchi yana o‘zi porlagan “Tottenxem”ni tanladi.

Manbaning ta’kidlashicha, tajribali o‘yinchi yaqinda “shporlar” bilan dastlabki shaxsiy shartnomani imzolab bo‘lgan.

Mavsum oxirida erkin agentga aylanadigan 32 yoshli hujumchi joriy mavsumda Ispaniya chempionatida to‘rtta o‘yinda qatnashib, bitta gol urdi.

Garet Beyl “Real”ga kelgunga qadar “Tottenxem” tarkibida olti yil to‘p tepgan . O‘tgan chempionatning ikkinchi yarmida ham londonliklar uelslik yulduzni ijaraga olib o‘ynatdi.

Beyl “Tottenxem” uchun jami 237 marotaba maydonga tushib, 72 ta gol va 61 ta assist muallifi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
27/03/2022 00:00
Beyl. uynatsa shunchaki dahshad uynaydi. hammani uz fikri bor. lekin man uchun shu bola. faqtiga Krish va Messidan keyin. 3 urunga turardi. sababi oddiy. maydonga tushkan uyinlari kursaz har harakati tupni qabul qilishidan tortib pas berishigacha. klass edi. Shunchaki hamroylari bilan til topishib olmadi. chunki uzim kup guvoh bulganman. faqtiga pas berishmasdi shu bolaga. ochiq qolgan vaqt bersa. Beyl maydonga kamiga uzi bilam 2 himoyachi olib yuradigan uyinchilar toifasidan. Udari ham shunchaki dahshad. Gollari kurgan odam. tan beradi. qanday noqulay mamentladan ham urgan