
Bilasizmi, 5 ta klub birorta ham legioner futbolchi bilan shartnoma imzolamadi
Ortda qolayotgan haftada yurtimizda yangi futbol mavsumi start oldi. Superliga va Pro-liganing aksariyat jamoalari mavsumoldi yig‘inlari davomida o‘z tarkiblariga xorijlik futbolchilarni jalb etishdi.
Biroq "Olimpik", "Zomin", "Aral samali", "Sho‘rtan" va "Yangier" klublari birorta ham legioner futbolchi bilan shartnoma imzolamadi. Ushbu jamoalar e’tiborni mahalliy futbolchilarga, ayniqsa yosh iqtidor egalariga qaratishgani albatta ijobiy holat.
"Superliga va Pro ligada jami 24 ta klub ishtirok etadi. Shulardan faqatgina 5 tasi legioner futbolchilar xizmatidan foydalanmayapti: Olimpik, Zomin, Aral samali, Sho‘rtan, Yangier", - deb yozdi O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev o‘zining telegramdagi sahifasida.
Fikrlar