
Bilasizmi, Ziko "Andijon"ga yordam qo‘lini cho‘zmoqda...
“Andijon” klubi oxirgi paytlarda ijobiy tomonga o‘zgarayotgani bor gap. To‘g‘ri, hozircha natijalar muxlislar kutgandek emasdir, ammo jamoadagi professionallik va klub nufuzini oshirish bo‘yicha jiddiy ishlar qilinmoqda.
Bu borada rahbariyat oldinga qadam tashlayapti. Endilikda “Andijon” uchun foydali bo‘lishi maqsadida futbolda o‘z nomiga va o‘rniga ega bo‘lgan mutaxassislardan tajriba o‘rganish, qimmatli maslahatlarini o‘zlashtirish ham amalda qo‘llanilmoqda.
Gap shundaki, barchamizga yaxshi tanish bo‘lgan, o‘z vaqtida “Bunyodkor” klubini boshqargan braziliyalik mashhur murabbiy Ziko “Andijon”ga yordam qo‘lini cho‘zmoqda.
Qanday deysizmi? Bu haqida klub rahbari Jur’atbek Quvvatov bilan uyushtirgan suhbatimiz orqali xabardor bo‘lasiz.
Tez orada sports.uzda bilib olishingiz mumkin.
Fikrlar