Bilasizmi? 2013 yildan buyon ilk bor EChL finali ispan jamoalarisiz o‘tadigan bo‘ldi
Xabaringiz bor "Liverpul" kecha EChL yarim final javob bahsida "Barselona"ni 4:0 hisobida engdi va ikki o‘yin natijasiga ko‘ra final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
E’tiborlisi, shu tariqa so‘nggi 6 yildan buyon ilk bor Chempionlar ligasi finali ispan jamoalarisiz o‘tadigan bo‘ldi.
Qayd etish lozimki, 2014, 2016, 2017 va 2018 yillarda ko‘hna qit’aning eng nufuzli musobaqasi finalida Madridning “Real” klubi finalga qadar etib borgan va g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi. 2015 yilda esa “Barselona” finalda g‘alaba qozonib, chempionlikni tantana qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, bugun ikkinchi yarim final juftligida “Ayaks” va “Tottenxem” o‘zaro kuch sinashadi. G‘olib finalda “Liverpul”ga raqiblik qiladi.

Fikrlar