
Bilasizmi? Asensio "Real"da 7-raqamni olishni istamagan
"Real" Madrid vingeri Marko Asensio mavsumlar oralig‘ida raqamini almashtirishni istamagan. Bu haqda Cadena Cope nashri xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra “qirollik klubi”dagilar Krishtianu Ronaldu jamoani tark etgach undan bo‘shagan 7-raqamni aynan 22 yoshli ispaniyalik futbolchiga taklif qilishgan. Biroq, Asensio ushbu taklifni rad etgan.
Eslatib o‘tamiz, yakunda 7-raqam “Lion”dan kelib qo‘shilgan hujumchi Mariano Diasga nasib etdi.
Fikrlar