
Bilasizmi? "Barselona" o‘tgan mavsum rekord darajada daromad ko‘rdi, ammo...
Kataloniyaning “Barselona” klubi direktorlar kengashi jamoaning o‘tgan mavsumdagi moliyaviy ko‘rsatgichlarini e’lon qildi.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, “ko‘k-anor ranglilar” o‘tgan mavsumda o‘zlari uchun rekord miqdorda pul ishlab topishgan. Aniqrog‘i, Kataloniya super klubi yakunlangan mavsum jami 708 mln evro ishlab topgan. Ammo, shundan faqatgina 18 millioni sof foyda hisoblanadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra ushbu foydadan so‘ng “Barselona”ning kredit qarzdorligi 24,5 mln evroga kamaygan. Endi jamoaning qolgan qarzi 247 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar