Bilasizmi? De Xea o‘z darvozasi tomon tepilgan so‘nggi 15ta penaltining birortasini ham qaytara olmadi
Xabaringiz bor Ispaniya terma jamoasi kecha Evro-2020 saralashi doirasida o‘z maydonida Norvegiyani qabul qildi va 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu kuni norvegiyaliklarning yagona golini 65-daqiqada Joshua King penaltidan kiritdi. Shu kuni “qizil furiya” darvozasini David De Xea qo‘riqlagan edi. E’tiborlisi, u shu tariqa o‘z darvozasi tomon belgilangan so‘nggi 15ta penaltining birortasini ham qaytara olmadi.
“Manchester Yunayted” posboni so‘nggi bor 2016 yilning aprelida “Everton”ga qarshi bo‘lib o‘tgan Angliya kubogi yarim finalida Romelu Lukakuning tepgan penaltisini qaytargan edi.



Fikrlar