
Bilasizmi? Ispaniya mundial g‘olibligidan buyon bor yo‘g‘i 3 ta o‘yinda g‘alaba qozongan xolos
Xabaringiz bor, Ispaniya terma jamoasi Qatarda o‘tayotgan jahon chempionatining guruh bosqich so‘nggi turida Yaponiyaga qarshi maydonga tushdi va kutilmaganda 2:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Ispanlar 2010 yilgi mundial g‘olibligidan buyon ushbu turnirda bor yo‘g‘i 3 ta bahsda g‘alaba qozonishni uddalashdi xolos. Ular JCh-2014 da Avstraliya (3:0), JCh-2018da Eron (1:0) va JCh-2022da Kosta-Rika (7:0) ustidan zafar quchdi.
Eslatib o‘tamiz, Luis Enrike jamoasi “E” guruhida 4 ochko jamg‘argan holda Yaponiyadan so‘ng ikkinchi o‘rin bilan pley-offga yo‘l oldi.
Fikrlar