
Bilasizmi? "Marsel" va "Udineze" hozircha top-5 chempionatlarida penaltidan eng jabr ko‘rgan jamoalar bo‘lib turibdi
“Udineze” kecha A Seriya doirasida “Atalanta”ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Shu kuni udineliklar gollardan birini penaltidan o‘tkazib yuborishdi. E’tiborlisi, shu tariqa “Udineze”ning joriy mavsum chempionatda penaltidan o‘tkazib yuborgan gollari soni 9taga etdi. Ushbu jamoa ayni damda Evropa kuchli beshlik chempionatlarida 2-o‘ringa ko‘tarildi.
Ta’kidlash kerakki, top-5 chempionatlarida penaltidan eng ko‘p golni “Marsel” o‘tkazib yuborgan. Frantsuz klubi hozircha jami 10 marta penaltidan jabr ko‘rdi.
Ma’lumot uchun, “Udineze” ayni damda A Seriyada 17-o‘rinni egallab turibdi. “Marsel” esa Frantsiya chempionatida 5-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar