
Bilasizmi: Ronaldu o‘tgan yilga nisbatan bu mavsum ko‘p gol kiritmoqda
Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu mavsumning ayni hozirgi nuqtasiga kelganda, o‘tgan mavsumdagi natijaga nisbatan samaraliroq o‘ynayotgani ma’lum bo‘ldi.
“Real”da “inqiroz” davri vujudga kelgan bo‘lsa ham, Ronalduning shaxsiy ko‘rsatkichlari yomonlashgani yo‘q. Portugaliyalik forvard o‘tgan mavsum fevral oyigacha bo‘lgan vaqtda kiritgan gollari soni 21 tani tashkil etgan edi. O‘shanda u La ligada 14, EChLda 2, Ispaniya kubogida 1 va klublar o‘rtasidagi JChda 4 ta gol kiritishga erishgan edi.
Bu mavsum esa fevral oyiga kelib, uning gollari soni 23 taga etdi. Ronaldu bu mavsum La ligada 11, EChLda 9, klublar o‘rtasidagi JChda 2 va Ispaniya Superkubogida 1 ta gol kiritishga erishdi.
Fikrlar