
Bilasizmi? Ronalduning jamoasi Simeone boshqaruvidagi "Atletiko"ni EChL pley-offidan 5 marta "uchirib" yuborgan
Xabaringiz bor kecha "Yuventus" o‘z maydonida "Atletiko"ni 3:0 hisobida engib, Chempionlar ligasining chorak finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Opta statistik portali tarqatgan xabarga ko‘ra Diego Simeone “Atletiko” bosh murabbiyi bo‘lgandan buyon “matraschilar” EChL pley-off bosqichida Krishtianu Ronaldu jamoasiga jami 5 marta to‘qnash kelishgan va shularning barasida mag‘lub bo‘lishgan.
Eslatib o‘tamiz, 34 yoshli portugaliyalik futbolchi “Yuventus”ga o‘tgunicha 2014-2017 yillar davomida “Real” safida Chempionlar ligasida “Atletiko”ni naqd 4 marta jazolagan edi.
Fikrlar