"Binokor" yoshlar jamoasi Qirg‘izistondagi xalqaro turnir finaliga chiqdi

CHERY AUTO

Mazkur musobaqani yosh xokkeychilarimiz "Riga" jamoasi vakillari ustidan qozonilgan g‘alaba (2:1) bilan boshlashdi. Ikkinchi bahsda esa "BO‘SM-2" klubiga imkoniyat boy berildi - 3:5.

Tecno

Shundan so‘ng Alisher Azimov shogirdlari Rossiyaning "SKA-Strelna 2017" (5:2), Chexiyaning "Shuter Yindrjixuv" (4:3) klublarini mag‘lub etib, musobaqaning yarim final bosqichiga yo‘l olishdi.

Final ostonasida yosh "binokorchilar" AQShning "USA Select" klubidan ustun kelib (2:1), final yo‘llanmasiga ega chiqishdi. Hal qiluvchi bahsda esa hamyurtlarimizga Bishkekning "BO‘SM-1" jamoasi raqiblik qiladi. Ushbu bellashuv ertaga bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, "Binokor" rahbarlari Sankt-Peterburgning "SKA-Strelna 2017" xokkey klubi bilan o‘zaro hamkorlik qilish, o‘rtoqlik o‘yinlari va yig‘inlar tashkil etish bo‘yicha kelishuvga ham erishganligini alohida e’tirof etish joiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Эльмира
28/03/2019 13:03
Yaxshi