Bir futbolchini to‘rtta klub kutyapti
“Chelsi”dan ketishi kutilayotgan amerikalik vinger Kristian Pulishich grand klublardan taklif ola boshladi.
Daily Mail nashrining yozishicha, “Nyukasl”, “Atletiko Madrid”, “Milan” va “Yuventus” AQSh terma jamoasi yarim himoyachisi uchun o‘zaro raqobatlashmoqda.
23 yoshli futbolchi Tomas Tuxel tomonidan etarli o‘yin vaqti berilmayotgani uchun “Chelsi”ni tark etishni maqsad qilgan. Shu bilan birga amerikalik hujumkor futbolchi Chempionlar ligasida ham qatnashishni istayapti. U yangi jamoa tanlashda aynan mana shu jihatga e’tibor beradi.
Bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan Pulishich, shu paytga qadar Germaniya va Angliya klublari tarkibida jami 269 ta uchrashuv o‘tkazib, 58 ta to‘p kiritgan va jamoadoshlariga 58 ta golli pas uzatgan.



Fikrlar