Bir gala omadszilar! Mourin'yo sobiq jamoasini tanqid qildi

  • 13.04.2026 18:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bu mavsum Portugaliya chempionatida “Benfika”ni boshqarayotgan Joze Mourinyo sobiq jamoasi “Tottenxem”ni keskin tanqid qildi.

- Siz umuman “Tottenxem”dan nimani kutyapsiz? Ular jamoani finalga olib chiqqan murabbiylarni ham, hatto Yevropa kubogini yutgan mutaxassisni ham ishdan bo’shatishadi.

Bu klubda hech qachon katta klub mentaliteti bo’lmagan, ular ko’proq g’olib sifatida niqoblangan mag’lublar guruhi.

Murabbiylarni doim almashtirib, barqarorlik kutolmaysiz.

Eng muhim o’yin oldidan murabbiyni ishdan bo’shatib, keyin mag’lubiyatlarga hayron qolish, bu noto’g’ri va g’alati.

Bir payt kelib muammo murabbiylarda emas, balki klub madaniyati va rahbariyat qarorlarida ekani oydinlashadi.

Iste’dod xaraktersiz hech narsaga arzimasdi.  “Tottenxem”da esa bu ikkisi ham yo’q, - dedi Joze Mourinyo.

Eslatib o’tamiz, besh yil oldin Mourinyo Liga kubogi finaliga bir necha kun qolganda ishdan bo’shatilgan va o’sha hal qiluvchi uchrashuvda “Tottenxem” futbolchilari “Manchester Siti”ga 0:1 hisobida yutqazgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!