Bir klub Ronalduni taklif qilishga tayyor!

  • 23 avgust, 2021, 09:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem” rahbariyati “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduga taklif berishni rejalashtirmoqda. Hozircha, londonliklar 36 yoshli to‘purar atrofidagi vaziyatni kuzatib turibdi.

Tecno

Garchi “Tottenxem” Ronalduga manfaatli shartnoma taklif qilganida ham bu transfer amalga oshmasligi mumkin. Chunki portugaliyalik futbolchi Evropa Chempionlar ligasida muntazam ishtirok etadigan klubga o‘tmoqchi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Ronalduning o‘zi ham faoliyatini boshqa klubda davom ettirish bo‘yicha turli variantlarni o‘rganib chiqmoqda. Biroq, “Yuventus” asosiy to‘purari bo‘yicha hali birorta taklif olgani yo‘q.

“Yuventus” jamoa topilsa, Ronalduni shu yozning o‘zida sotib yuborishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!