
Bir milliard evrolik ish haqi Vinisiusni dovdiratib qo‘ydi
Saudiya Arabistoni klublari anchadan beri “Real” hujumchisi Vinisius Juniorni olib ketishga urinayotgani yangilik emas.
Nomi aytilmayotgan klublardan biri braziliyalik yulduzga besh yillik shartnoma uchun bir milliard evro miqdorida ish haqi taklif qilgan.
RMC Sport nashri jurnalisti Fabris Xokins bu taklif Vinisius Juniorga qanday ta’sir qilgani haqida ma’lumot tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, 24 yoshli futbolchi norasmiy suhbatlar jarayonida bu summa va saudiyaliklarning aniq takliflari har qanday o‘yinchini ham ularning klublariga o‘tish istagini uyg‘otib qo‘yayotganini tan olgan.
Vinisius Juniorning madridliklar bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha davom etadi. Agar bu o‘yinchi Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishga rozilik beradigan bo‘lsa, shayxlar “Real”ni ko‘ndirish uchun ular rad etolmaydigan darajada badal puli to‘lashga tayyor turibdi.
Fikrlar