
Bir necha yulduz Angliya terma jamoasida o‘ynamaydigan bo‘ldi
Angliya terma jamoasining sakkiz nafari futbolchisi UEFA millatlar ligasining noyabr oyidagi uchrashuvlarida ishtirok etmaydigan bo‘ldi.
Angliyaliklar 14 noyabrda Gretsiya va uch kundan keyin Irlandiya bilan bellashishi belgilangan.
Ma’lumotlarga qaraganda, noyabr oyidagi yig‘in ro‘yxatidan darvozabon Aaron Ramsdeyl (“Sautgempton”);, himoyachilar Trent Aleksander-Arnold (“Liverpul”) va Levi Kolvill (“Chelsi”), yarim himoyachilar Filip Foden (“Manchester Siti”), Koul Palmer (“Chelsi”), Deklan Rays (“Arsenal”), hujumkor futbolchilar Jek Grilish (“Manchester Siti”) hamda Bukayo Saka (“Arsenal”) chiqarilgan.
Ularning o‘rnini darvozabon Jeyms Trafford (“Byornli”), himoyachilar Jarred Brantueyt (“Everton”), Tino Livramento (“Nyukasl Yunayted”), yarim himoyachilar Morgan Rojers (“Aston Villa”) va hujumchi Jarrod Bouen (“Vest Xem Yunayted”) egallaydi.
Fikrlar