
Bir taym maydonda harakat qilgan Husanovning o‘yini necha ballga loyiq ko‘rildi?
Angliya kubogi 1/4 bosqichidan o‘rin olgan "Bornmut"-"Manchester Siti" uchrashuvi "shaharliklar" foydasiga 2:1 hisobida yakunlandi. Uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan legionerimiz Abduqodir Husanov ikkinchi bo‘lim avvalida zaxiraga olindi.
Terma jamoamiz a’zosiga mashxur analitik dasturlar tomonidan qo‘yilgan ballar bilan tanishing: "SofaScore" 6.5, "FlashScore" 6.3, "FotMob" 6.8 va "Who Scored" tomonidan 6.0 ballga loyiq ko‘rildi.
"Manchester Siti"ning navbatdagi uchrashuvi 2 aprel APL doirasida "Lester"ga qarshi bo‘ladi.
Fikrlar
узимизникиларни куллашни урганинг!
узбекларни шу даражада ахмок килиб куйишганки, бироз кутарилса, роса мактайди, кичик хато килса, ерга кориштиради.
хамма хато килади, сенлар оппок-мисанлар?